O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyuldagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlashtizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-92-son hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyun “2022-2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasida Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi” 310-qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilining 9-iyun kuni Zarbdor tumani Oybek MFY dagi tuman madaniyat va turizm markazida “Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz!” shiori ostida jinoyatchilik va huquqbuzarlik, oilaviy ajirimlar, erta va qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikoh, erta tug‘ruq, shuningdek diniy-ma’rifiy muhitni sog‘lomlashtirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy sog‘lomlashtirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda aholi vakillari hamda uyushmagan yoshlar ishtirok etdi.