O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi PQ-92-son qarori ijrosi Zarbdor tumanidagi mahallalarda bajarilishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish natijasi bo‘yicha tadbir bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasining faoliyatini jadallashtirish borasidagi ustuvor yo‘nalishlari
a) yoshlarni Vatanga muhabbat, ezgulik, shukronalik, mehnatsevarlik, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash uchun «Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul» tamoyilini joriy etish orqali nuroniylarning katta hayotiy tajribasidan keng va samarali foydalanilishini tashkil etish;
b) vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar, korxona va tashkilotlardagi Faxriylar kengashlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
v) Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, urush orti mehnat faxriylari va o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yakka-yolg‘iz nuroniylar hamda «Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin» shiori ostida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan keksalar holidan doimiy xabar olish tizimini tashkil qilish va ijtimoiy himoya dasturlari doirasida davlat xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlashda ko‘maklashish;
g) nuroniylarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida «Nuroniylar maskani» majmualarida va mahallalarda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish;
d) keksalarga tizimli ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun zarur sharoitlarni yaratib borish;
ye) fuqarolar yig‘inlari raislarining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchilarining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;
j) tadbirkorlikka va ijtimoiy foydali mehnatga jalb etilgan boy hayotiy va kasbiy malakaga ega bo‘lgan faxriylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi PQ-92-son qarorining 1-ilovasi O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasining faoliyatini jadallashtirish borasidagi ustuvor yo‘nalishlari yoshlarni Vatanga muhabbat, ezgulik, shukronalik, mehnatsevarlik, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash uchun «Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul» tamoyilini joriy etish orqali nuroniylarning katta hayotiy tajribasidan keng va samarali foydalanilishini tashkil etish;
- vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar, korxona va tashkilotlardagi Faxriylar kengashlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
- Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, urush orti mehnat faxriylari va o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yakka-yolg‘iz nuroniylar hamda «Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin» shiori ostida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan keksalar holidan doimiy xabar olish tizimini tashkil qilish va ijtimoiy himoya dasturlari doirasida davlat xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlashda ko‘maklashish;
- nuroniylarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida «Nuroniylar maskani» majmualarida va mahallalarda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish;
- keksalarga tizimli ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun zarur sharoitlarni yaratib borish;
- fuqarolar yig‘inlari raislarining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchilarining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;
- tadbirkorlikka va ijtimoiy foydali mehnatga jalb etilgan boy hayotiy va kasbiy malakaga ega bo‘lgan faxriylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Zarbdor tumanidagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan «Keksalar maslahati» guruhlari rahbarlarining qarorga asosan mahallalarda amalga oshirgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi.