Hujjatga muvofiq monopoliyaga qarshi organ sifatida Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi belgilanmoqda, u Prezident va Senatga hisobdor bo'lib o'z faoliyatini boshqa organlar va mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda amalga oshiradi.
Shuningdek, monopoliyaga qarshi komplayensni joriy etish bo'yicha talablar belgilanmoqda.
Ma'lumot uchun: monopoliyaga qarshi komplayens – faoliyatning raqobat to'g'risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini ta'minlash, ularning buzilishi xatarlarini aniqlash va mazkur xatarlarning oldini olish bo'yicha ichki tashkiliy tartib-taomillar tizimidan iborat.
Quyidagi tashkilotlarda monopoliyaga qarshi komplayensga ma'sul shaxs tayinlanishi lozim:
Shuningdek, ustun muzokara kuchi tushunchasi joriy etilmoqda. Ustun mavqega ega bo'lmagan xo'jalik yurituvchi sub'ekt yoki shaxslar guruhi tomonidan bitim shartlarini, tovarlar realizatsiya qilinadigan hududni va narxni belgilashga bir tomonlama ta'sir ko'rsatish imkoniyatining mavjudligi ustun muzokara kuchi deb e'tirof etiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 04.10.2023 yildan kuchga kiradi.
Zarbdor tumani adliya bo‘limi
Yuridik markazi bosh yuriskonsulti
A.Abduvaitov