Adliya vazirining “Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish hamda birinchi marta yuridik xizmat xodimi lavozimiga tayinlangan shaxslarning adliya organlarida stajirovkadan o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug'i qabul qilindi
(05.07.2023 y., ro'yxat raqami 3444).
Nizom davlat organlari, xo'jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimlarini lavozimga tayinlash va ozod etish hamda ularni birinchi marta lavozimga tayinlashda stajirovkadan o'tkazish tartibini belgilaydi.
Kelishish uchun adliya organlariga bir yoki bir nechta nomzodning hujjatlari yuborilishi mumkin. Kelishish uchun quyidagilar taqdim etiladi:
Nomzodni lavozimga tayinlash masalasini kelishishda u bilan suhbat o'tkaziladi. Buning uchun tegishli adliya organida 5 nafar a'zodan iborat komissiya tashkil etiladi.
Suhbat nomzodning bo'lajak ish sohasiga oid mavzular, jumladan konstitutsiyaviy huquq, mehnat va fuqarolik huquqi, shartnomaviy-huquqiy faoliyat va sud ish yurituvi asoslari bo'yicha o'tkaziladi.
Suhbatdan so'ng uch ish kuni ichida nomzod komissiya tomonidan uni lavozimga tayinlashni kelishish yoki rad etish haqida qaror haqida xabardor qilinadi.
Ilk bor yuridik xizmat xodimi sifatida lavozimga tayinlanayotgan shaxslar adliya organlarida 2 haftalik stajirovkadan o'tadilar.
Zarbdor tumani adliya bo‘limi Yuridik markazi bosh yuriskonsulti A.Abduvaitov