Prezident tomonidan 11.07.2023-yildagi “Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi O'RQ-854-son Qonun imzolandi.
Qonun bilan MJTKga, “Ichki ishlar organlari to'g'risida”gi va “O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to'g'risida”gi qonunlarga o'zgartirishlar kiritilmoqda. Ular ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarliklar sodir etgan aybdor shaxslarni ma'muriy javobgarlikka tortish uchun ichki ishlar organlariga va Milliy gvardiya organlariga zarur vakolatlar berilishini nazarda tutadi.
Shuningdek, ichki ishlar organlarining patrul-post xizmatiga hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo'lish, jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste'mol qilish kabi jamoat tartibini saqlash sohasiga oid ma'muriy huquqbuzarliklarni rasmiylashtirish vakolati berilmoqda.
Chunonchi, MJTKning 248-moddasiga kiritilgan qo'shimchalar bilan quyidagilar ichki ishlar organlari nomidan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi bayonnomani tuzish huquqiga egaligi belgilandi:
MJTKning 2481-moddasidagi o'zgartirishlarga muvofiq, Milliy gvardiya organlari nomidan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqishga hamda jarima tariqasidagi ma'muriy jazo choralarini qo'llashga quyidagilar haqli:
O'simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risidagi qonunchilik buzilganligi to'g'risida bayonnoma tuzish uchun endi Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) ham huquqbuzarni ichki ishlar organlariga yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi binosiga ushlab keltirishlari mumkin (eslatib o'tamiz, huquqbuzar ichki ishlar organlari xodimlari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish jamoatchi inspektorlari, ovchilik jamoatchi inspektorlari, baliqlarni muhofaza qilish jamoatchi inspektorlari va o'rmonlarning jamoatchi inspektorlari tomonidan ushlab keltirilishi mumkin). Tegishli o'zgartirishlar MJTKning 284-moddasi uchinchi qismiga kiritildi.
“Ichki ishlar organlari to'g'risida”gi Qonun va “O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan qo'shimchalar bilan ichki ishlar organlari xodimlari va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari endi atrof-muhitni muhofaza qilishga doir tadbirlarni o'tkazishlari hamda mazkur sohadagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo'yicha choralar ko'rishlari kerak.
Zarbdor tumani adliya bo‘limi Yuridik markazi bosh yuriskonsulti A.Abduvaitov