Iqtisodiyot va moliya vazirining “Byudjet tizimi byudjetlari mablag'lari hisobidan amalga oshiriladigan qurilish qiymati 10 mlrd so'mgacha bo'lgan ob'ektlarda nazorat o'lchovini o'tkazish uchun jalb qilinadigan tijorat tashkilotlarini tanlash, ularning xizmat haqini aniqlash va to'lash tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug'i qabul qilindi (12.07.2023-yilda 3446-son ro'yxatdan o'tgan).
Nizomga muvofiq, ko'rsatilgan ob'ektlarda nazorat o'lchovini o'tkazish uchun shaharsozlik sohasida sertifikatlangan mutaxassislarni jalb qilgan, arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo'yicha litsenziyaga ega bo'lgan va qurilish loyihalarini ekspertizadan o'tkazish uchun akkreditatsiya qilingan, shaharsozlik sohasida kamida uch yillik tajribaga ega bo'lgan yuridik shaxslar, tijorat banklari hamda boshqa vakolatli organlar jalb qilinadi.
Nazorat o'lchovini o'tkazuvchi tashkilotlar Davlat moliyaviy nazorati inspektsiyasi tomonidan tanlab olinadi.
Nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ob'ektlarda nazorat o'lchovini o'tkazish uchun Inspektsiyaga murojaat qilishlari mumkin.
Nazorat o'lchovini o'tkazish qiymati – qurilish obyekti umumiy qiymatining 0,3 % gacha.
Zarbdor tumani adliya bo‘limi Yuridik markazi bosh yuriskonsulti A.Abduvaitov