O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Zarbdor tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan O'zbekiston Respublikasining 2017 yil 11 sentabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi Qonuni ijrosini ta'minlash va mazkur qonun talablari asosida ish yuritish hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Zarbdor tumanidagi Xalq qabulxonasining 2023 yil 3-chorak ish rejasiga asosan davlat organlari, korxona va tashkilotlarda https://cabinetxq.gov.uz. tizimida murojaatlar bilan ishlash, 2023 yil 1-yarim yillik yakunlari va 2-yarim yillikda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan o'quv-seminar tashkil etildi.
O'quv-seminarda davlat organlari, korxona, tashkilot va muassasalarning murojaatlar bilan ishlash bo'yicha mas'ul xodimlari ishtirok etishdi.