O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.11.2020-yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6118-sonli Farmoni hamda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosini ta’minlash, voyaga yetmagan shaxslarni huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda oilalarni tiklash va qarzdorlarning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar” yuzasidan Qo‘shma farmoyishga asosan Zarbdor tumanida yashovchi alimentdan qarzdor fuqarolar hamda tuman IIB probasiya xizmatida hisobda turgan shaxslar ishtirokida yig‘ilish va sayyor sud majlisi o‘tkazildi.
Sud jarayonida 2 nafar qarzdorga qarzdorlikni to‘lash uchun muddat berildi, hamda 2 nafar qarzdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning tegishli moddasi bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Shu bilan birga 1 nafar shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi ko‘rilib, 9 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Yig‘ilish davomida yig‘ilganlarga alimentdan bo‘lgan qarzdorlikni o‘z vaqtida to‘lamaslikning huquqiy oqibatlari to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi.
Bundan tashqari, sayyor sud davomida tuman IIB probasiya xizmati hisobida turgan 4 nafar jazo o‘tayotgan shaxslar muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi.
Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati