Zarbdor tumani 1-sektor hududidagi Zarbdor Kasb hunar maktabida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi. Yarmarkada sektor boshliqlari, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi, FXHU rahbarlari, fermer xo’jalik rahbarlari, tuman tashkilot rahbarlari hamda tuman “Paxtakor tekst” paxta klaster rahbari va xodimlari hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash maqsadida seminar tarzida “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarka jarayonida ish beruvchi hamda fermer xo’jalik rahbarlari bilan o’rtasida tuziladigan shartnoma haqida tushunchalar berish, shu orqali majburiy mehnatga qarshi kurashish chora-tadbirlari bo’yicha, belgilangan narxlarda ish haqini o‘z vaqtida to‘lanishini, Bajaruvchi shartnomani istagan vaqtida o‘z ixtiyoriga ko‘ra bekor qilish huquqiga ega ekanligini, bunday huquqdan foydalanish bajaruvchi uchun buyurtmachining roziligini olish yoki boshqa biron-bir majburiyatlarni keltirib chiqarmasligi, Bajaruvchi hosilni nobud qilinishiga yo'l qo‘ymasligi, unga topshirilgan anjomlarni buzmasligi yoki yo‘qotmasligi, buyurtmachining mol-mulkiga qasddan zarar yetkazmasligi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi hamda sanitariya qoidalariga rioya etishga majbur ekanligi to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Seminarda Yagona Milliy Mehnat tizimi-idoralararo dasturiy apparati kompleksi orqali ish beruvchilarga korxona va tashkilotlardagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuritilishi jumladan tuman hokimining 2023-yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlash shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 20-apreldagi qaroriga asosan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlariga bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 barobari (495000 so‘m) miqdorida 6 oygacha Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar to‘lab berish tartiblari to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Shuningdek, yarmarka ishtirokchilariga Qonuniy migratsiya va uning afzalliklari to‘g‘risida ham tegishli tartibda tushuntirishlar berildi.
Yarmarkada qatnashgan fuqarolarga “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonun asosida va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq maslahatlar berildi.