Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini bartaraf etish hamda iste’molchilar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarga qaramasdan bugungi kunda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq qonunbuzarliklar salmog‘i ortib bormoqda.Bugungi kunda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan iste’mol qilingan energiya uchun to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lab kelinadi, ya’ni to‘lov intizomi olti yillar oldingiga nisbatan tubdan o‘zgarganligini e’tirof etish lozim.
Ammo guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek, energiya yetkazib beruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnoma shartlarini bajarmasdan, iste’mol qilgan energiyasining pullarini o‘z vaqtida to‘lamaydiganlar ham talaygina. Jumkadan Zomin tumanlararo iqtisodiy sudining 2022 yil 09 sentabr kundagi 4-1303-2201/1127-sonli ijto varaqasiga asosan qarzdor "O.Ch" f/x hisobidan Jizzax xududiy elektr tarmoqlari korxonasi foydasiga 55.198.000 so'm undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati bo'lim ish yurituviga jelib tushganidan so'ng davlat ijrochilari tomonidan majburiy undiruv choralari qo'llanildi. Olib borilgan ijro harakatlari natijasida 55.198.000 so'm qarzdorlik to'luq undirilib ijro hujjati amalda tamomlandi.
Byuroning Zarbdor tuman davlat ijrochisi U.Xolmatov