Zarbdor tuman prokuraturasi tomonidan voyaga yetmaganlarga oid qonun hujjatlari ijrosi, xususan, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari alohida nazoratga olingan.
Barcha ota-onalar va jajji bolajonlarimiz uchun hayajonli, ya’ni maktabga ilk qadam qo‘yadigan kunlar yaqinlashmoqda.
Tumanda 2023-2024-o‘quv yilida 1-sinfga 1928 nafar o‘quvchi qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Shundan bolalarning 1794 nafari o‘zbek sinflariga,
111 nafari rus sinflariga, 15 nafari qirg‘iz sinflariga qabul qilinishi rejalashtirilgan.
18 avgust kuni holatiga 1920 nafar o‘quvchilar elektron platforma orqali maktabga onlayn qabul qilingan bo‘lib, ulardan 913 nafarini qizlar tashkil etadi. Qabul jarayonlari davom etmoqda.
An’anaga ko‘ra, bu o‘quv yilida ham bolalarga maktab o‘quv qurollaridan tashkil topgan Prezident sovg‘alari tumandagi barcha umumta’lim maktablariga yetkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, Zarbdor tumanida 32 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 2 ta maxsus maktab internati, 1 ta Prezident ta’lim muassasalari agentligiga qarashli ixtisoslashtirilgan maktab, 1 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyat olib bormoqda.
Bolalar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonun hujjatlari ijrosi tuman prokuraturasining doimiy nazoratida.