2023-yilining 14-avgust kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Zarbdor tuman bo‘linmasi tomonidan Andijon MFYda aholi bilan turli g‘oya va oqimlarga qarshi borish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida tuman Ma’naviyat bo‘linmasi rahbari A.Xudoyberdiyev so‘z olib aholi vakillarini yaqinlashib kelayotgan Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklab o‘tdi va so‘zi davomida bu tinch, osoyishta va har qadamda rivoj topayotgan yurtimizga munosib farzand bo‘lishimiz kerakligi haqida gapirib o‘tdi.