Zarbdor tuman hududidagi qizil va sariq toifaga kiruvchi mahallalarda jinoyatlarning oldini olish choralarini ko‘rish hamda aholi o‘rtasida profilaktika tadbirlarni kuchaytirish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha Zarbdor tuman sudining raisi, tuman prokurori va tuman IIB boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan qo‘shma rejaning ijrosi yuzasidan tuman sudining raisi Mirzaaxmedov Shoxrux Xidirboyevich, tuman prokuratura va tuman IIB xodimlari ishtirokida Zarbdor tumandagi qizil hududga kirgan Mustaqillik MFYda jinoyatlarning oldini olish choralarini ko‘rish hamda aholi o‘rtasida profilaktika tadbirlarni kuchaytirish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish yuzasidan sayyor uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.