Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday taʼlim va tarbiya olishiga bogʼliq. Taʼlimni tarbiyadan, tarbiyani esa taʼlimdan ajratib boʼlmaydi-bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi.
“Yuksak maʼnaviyat yengilmas kuch asaridan”
Inson madaniyati, maʼrifati uning aql-tafakkuri darajasi, ruhiy dunyosi miqyosini koʼrsatadi. Oʼnib - oʼsib kelayotgan yoshlarning bilim, madaniyat, maʼrifat darajasi ularning ota-onalariga, shuningdek ustoz muallimlarga koʼp jihatdan bogʼliqdir. Zamona qanday bo‘lishi, qanaqangi iqtisodiy-ijtimoiy qiyinchiliklar yuz berishidan qatʼiy nazar, taʼlim-tarbiya sohasiga eʼtiborsiz qarab bo‘lmaydi.
Oldimizdagi turgan eng ezgu maqsadlarimiz-mamlakatimizning buyuk kelajagi ham, ertangi kunimiz, erkin va farovon hayotimiz ham O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidan qanday o‘rin egallashi ham, bularning barchasi avvalombor, yangi avlod, unib-o ‘sib kelayotgan farzandlarimizni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligiga erishishdek oliy maqsadlarimiz ruhida tarbiyalashimizga bog‘liq.Bizning asosiy vazifamiz-yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat.
Inson hayotining har bir jabhasi bir-biri bilan shu qadar bog‘langanki, ularni ajratib bo‘lmaydi. Bu -iqtisodiyot, bu -taʼlim, bu- tibbiyot, bu-madaniyat, bu-o‘zaro ijtimoiy munosabatlar, bu-siyosat. Bugungi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadallik bilan rivojlanayotgan, globallashuv va dunyo bozorida raqobat tobora kuchayib borayotgan bir davrda, demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish borasida ko‘zlangan natijalarga erishishda hal qiluvchi kuch bo‘lgan bilimli va intekllektual rivojlangan avlodni tarbiyalash bosh maqsadimizdir.
Yurtimizda uzluksiz taʼlim tizimining yaratilganligi va uning jahonning nufuzli tashkilotlari tomonidan haqli eʼtirof etilishi hamda yuqori baholanishi taʼlim-tarbiya sohasi xodimlarini bu borada olib borayotgan ishlarni yanada jonlantirishga undaydi. Jahon andozalariga mos ravishda barpo etilgan bolalar bog‘chalari, umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar kasb -hunar maktablari hamda oliy taʼlim muassasalarining zamonaviy usullarda jihozlanishi, moddiy-texnik bazalarining mustahkamlanishi, ilmga chanqoq yoshlarimizning o‘z isteʼdod va salohiyatlarini namoyon eta olishlariga, tanlagan mutaxassislik, kasb-hunar sirlarini puxta egallashlariga yo‘l ochmoqda. Taʼlim tizimidagi bunday islohotlar uchun “Taʼlim toʼgʼrisida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, shuningdek, Prezidentimizning qaror va farmonlari, hukumatimizning tegishli hujjatlari huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayapti. Biz jahon andozalarida har sohada yetakchi bo‘lib kelayotgan Singapur davlatini kuzatadigan bo‘lsak masalan, Singapur o‘quv dasturida qadriyatlar markaziy o‘rinni egallaydi. Singapur maktablarida hurmat-izzat, masʼuliyat, barqarorlik, bir butunlik, gʼamxo‘rlik va hamjihatlikka urg‘u beriladi.Bu qadriyatlar o‘quvchilarda o‘z-o‘zini anglash va ijtimoiyanglash, o‘zaro munosabatlarni boshqarish, javobgarlikni his qilgan holda qarorlar qabul qilish kabi xususiyatlarni shakllantirishga qaratilgan. Umuman, Singapurning o‘quv dasturi o‘ziga ishongan insonni, mustaqil o‘quvchini, ongli va umum ishiga tortilgan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi. Taʼlim siyosatining tadqiqotlar va amaliy ish bilan mustahkam aloqasi tasavvurni harakatchan va kelajakni ko‘zlab ish tutadigan hissiyotga aylantiradi.Taʼlim o‘tmishda qolib ketmasdan, sharoitlar bilan birgalikda o‘zgarishi kerak, deb hisoblanadi.
Oilada farzand ulg‘ayadi. Ulg‘ayayotan farzandlar qanday tarbiyalanayotgani ota-onalariga bog‘liq. Har bir ota- ona o‘g‘il- qizlarni yoshligidan mehnatsevar, bilimli, aqilli, har-bir topshiriqni katta yoki kichikligidan qatʼiy nazar o‘z vaqtida, aniq bajaradigan, umrining har bir daqiqasini qadrlaydigian qilib tarbiyalash lozim. Tarbiyada maqsadning aniqligi muhim o‘rin tutadi, chunki, maqsadni to‘g‘ri qo‘yish tarbiya ishlarini to‘g‘ri yo‘naltirish imkonini beradi.
Ota va ona bolaning birinchi murabbiysi uni tarbiyalashda shaxsan ibrat ko‘rsatuvchi taʼsirchan omil hamdir. Har bir ota- ona tarbiyaning o‘ziga xos nazariy va amaliy qonun qoidalarni o‘zlashtirib, ularga amal qilishi lozim. Negaki, oilada bola tarbiyasi murakkab masala bo‘lib, ota-onadan katta tarbiyachilik mahorati, bolalarning har birining o‘ziga xos xususiyatlari, tushunchalarga ega bo‘lishni talab etadi. Tarbiyada uzilish bo‘lmasligi kerak. Tarbiya yoshiga mos qilinib berilishi kerak. Bola bir davrdan boshqa davrga o‘tishida uzilish bo‘lmasligi lozim. Bola bog‘chadan maktab yoshiga yetganda maktabga chiqadi. U yerda u taʼlim-tarbiya ola boshlaydi. Аsta sekin bola o‘zgara boshlaydi, chunki atrofdagilarning taʼsiri bo‘ladi. Mana bu tarbiyani bir-xil olib borish uchun, yuqori malakali psixologlar tarbiya soatlari o‘tishi kerak. Sinf rahbarlarining maʼnaviyat soatlarida faqat sinfdagi muammolar, unga-bunga pul yig‘ishlar bilan o‘tib ketadi. Keskin tafovutlar yuz bermasligi uchun sistemalashtirilishi kerak. Bu narsani bog‘chadan boshlashimiz kerak. Baʼzi hollarda farzandlar noto‘g‘ri ish qilsa bunga beeʼtibor bo‘lgan holatlarni ham ko‘ramiz, yoki yoshiga to‘g‘ri kelmagan kiyimlarni kiyib olganlarni ko‘ramiz va maktab yoshidagi qizlarimizning sochlarini turmaklashlarini, ortiqcha taqinchoqlar taqib pardoz qilib olinganligi, qo‘lidagi telefonining qimmatbaholigi. Bularning har biriga ota-ona, o‘qituvchilar eʼtibor berishi va to‘g‘ri tushuntirishlari va tushuntirish ishlarini olib borishlari lozim. Uzluksiz taʼlim tizimida, maktabgacha taʼlim bosqichida bola eng ko‘p vaqti o‘tadi. Bundan ko‘rinadiki maktablarda berilayotgan taʼlim tarbiyani kuchaytirishimiz lozim. Bola maktabda qanchalik taʼlim-tarbiya olganini kasb-hunar maktablari yoki akademik litseylarda ko‘rsatadi. Baʼzi hollarda shunday so‘zlarni eshitamiz, qaysi maktabda o‘qigansan, ustozing kim, ustozingga rahmat yoki maktabda dars o‘tmaganmi, nimaga bilmaysan? ustozing aytmaganmi.
Maktabning vazifasi bolalarga faqatgina ilm o‘rgatishdan iboratgina emas, balki ularning ko‘ngillariga g‘ayrat, matonat, insof, adolat, shijoat va mehnatga muhabbat urug‘larini sochish, juda ham diqqat va ziyraklik bilan shu yo‘lda tarbiyalab o‘stirishdir. O‘quvchining faol fikrlovchi shaxs bo‘lishi zarurati pedagogika fanida allaqachonlar taʼkidlangan va bu muammo qiziqib o‘rganilgan. J.J.Russo nemis pedagogi А.Disterverglar ham o‘zlarining didaktik taʼlimotlarida o‘quvchi va talabada mustaqil fikrlashni rivojlantirish zarurligi g‘oyasi ilgari surgan. Ular mustaqillikni taʼlim va tarbiyaning asosiy tamoyili deb hisoblaganlar. Zero, Distervergning fikricha mustaqil egallangan bilimlar katta ahamiyatga ega. Disterverg: “Аqlni hech narsa bilan to‘ldirib bo‘lmaydi. Ularni inson o‘zi mustaqil o‘rganishi, o‘zlashtirishi va qayta ishlashi zarur...”. “Yomon o‘qituvchi tayyor haqiqatni beradi, yaxshi o‘qituvchi esa uni topish yo‘lini o‘rgatadi”,- deb taʼkidlaydi.
Bola tarbiyasida maktab yetakchi rol o‘ynaydi. Chunki u yerda ilg’or pedagogika nazariyasi bilan qurollangan o‘qituvchilar jamoasi mavjud.O‘qituvchi feʼl-atvori, muomilasi, yurish-turishi, munosabati, nutqi, kiyinishi va barcha ijobiy jihatlari bilan o‘z o‘quvchilariga namuna bo‘lishi kerak. O‘quvchi o‘qituvchining faqat bergan darsini o‘rganibgina qolmay, balki uning barcha faoliyatini kuzatadi va undan ibrat olishga harakat qiladi.
O‘quvchilarning darsdagi bo‘lgan faolligi, fanlarga nisbatan qiziqishi bevosita shunga bog‘liq.O‘qituvchining darsdagi mahorati, o‘z faniga bo‘lgan munosabati, uni sevishi va chuqur, mukammal bilishi, darsda turli xil yo‘nalish va uslublardan foydalana bilsa bu o‘z-o‘zidan dars samaradorligini beradi.
Darhaqiqat, kitoblarni o‘qish orqali bilim olish ham aqliy mehnatning shakli hisoblanadi.Аqliy qobiliyatga ega bo‘lish katta mehnat talab qiladi.Yoshlarni tarbiyalashda oilada adabiy va ilmiy muhit dunyoqarashni kengaytiradi.Qadimgi yunon faylasufi Demokrit, juda adolatli tarzda shunday degan edi: “Аgar bolalarni ishlashga daʼvat etmasalar, unda ular insonda yaxshilikni kuchaytiradigan o‘qish, musiqa, gimnastika, hatto hurmat qilishni o‘rganolmaydi” –degan edi.
Taʼlim muassasalarida farzandlarimizning o‘qishi va o‘z iqtidorlarini har tomonlama rivojlantirishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Maktabgacha taʼlim muassasalari, umumtaʼlim maktablari, musiqa va bolalar sport maktablari, bolalar ijodiyoti markazlari, akademik litseylar, kasb-hunar maktablari, o‘quv kurslari va oliy o‘quv yurtlari mustahkam o‘quv-moddiy bazaga ega: ular zamonaviy jihozlar, taʼlim berishning texnik vositalari bilan taʼminlangan, stadionlar va sport maydonlari, suzish havzalari va boshqalarga ega. Millionlab yigit-qizlar bugungi kunda oʼqish bilan birga sport, badiiy havaskorlik,kasb hunar sirlari va xorijiy tillarni oʼrganish bilan muvaffaqiyatli shugʼullanmoqda.
Mamlakatimizda kelajak avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni mustaqil hayotga tayyorlash, Vatanimizning munosib farzandlari bo‘lishi, zamonaviy taʼlim olishlari, jismonan sog‘lom va maʼnan yetuk bo‘lishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilib berilmoqda. Yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilishi bu soha davlatimizning ijtimoiy hayotidagi asosiy yo‘nalishlaridan biri ekanligidan dalolat beradi. O‘tgan vaqt mobaynida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun masʼuliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli, bilimli yoshlarni tarbiyalash borasida alohida tizim yaratildi. Mazkur sohani tubdan rivojlantirish maqsadida tizimli yondashuv yo‘lga qo‘yildi. Maʼnaviy –maʼrifiy jarayonlarni tashkil etishda yaxlit tizim shakllantirildi.Yoshlarni maʼnaviy tahdidlardan himoya qilish borasida idoralararo dasturlar asosida tashkiliy-amaliy va ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati aniq maqsadlarni ko‘zlagan holda, bosqichma-bosqich, kompleks chora-tadbirlarga asoslangan holda izchil davom ettirilmoqda.Bu borada Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev tomonidan ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi saʼy-harakatlarni tizimli asosda yoʼlga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusning ilgari surilishi O‘zbekiston tarixida yoshlar taʼlim-tarbiyasi bo‘yicha yana bir yangi bosqichni boshlab berdi.
Davlatimiz rahbari taʼbiri bilan aytganda, “Har qanday jamiyat taraqqiyotida hal qiluvchi rolni ushbu jamiyatning kelajagi bogʼliq bo‘lgan yosh avlodning sog‘lom va barkamol rivojlanishi o‘ynaydi. Shuning uchun islohotlarimizni kengaytirish va samaradorligini yanada oshirish masalalarida biz zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan g‘ayratli, tashabbuskor, har tomonlama rivojlangan yoshlarimizni o‘zimizga tayanch deb bilamiz».
Bugungi kunda ham jaholatga qarshi maʼrifat qurolini ishga solish maʼnaviyat targ‘ibotchilar zimmasiga katta masʼuliyat yuklaydi.Oilada va maktabda taʼlim-tarbiyani tegishli darajada tashkil etishga, maʼnaviy tarbiya, targ‘ibotning samarali bo‘lishini taʼminlashga, ota-ona, belgilangan o‘qituvchilar, amalda, butun jamiyat masʼul.Maʼnaviyat va maʼrifatni targ‘ib-tashviq etish esa har bir o‘zini ziyoli deb bilgan, jamiyat aʼzosi deb hisoblagan shaxslarning vijdon ishi hisoblanadi.
So‘nggi yillarda taʼlim sohasida olib borilgan faoliyat, uni yanada takomillashtirish borasida qabul qilingan qarorlar taʼlim, shaxs, jamiyat va davlat uyg‘unligi asosida mamlakatning barqaror taraqqiy etishining muhim shartlaridan biri sifatida yetuk va barkamol avlodni tarbiyalashni taqozo etishini, oldimizda esa yuksak vazifalar turganligini ko‘rsatadi.
Yurtboshimiz tomonidan 2023 yil “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim” yili deb eʼlon qilindi. Bu ham bo‘lsa yoshlarimizga va xalqimizga bo‘lgan katta eʼtibor. Farzanlarmizni har tomonlama yetuk, barkamol farzanlar qilib tarbiyalash bizning asosiy bosh vazifamizdir.Yoshlarga milliy vatanparvarlik ruhida taʼlim-tarbiya berish bugungi kunning jiddiy vazifalaridan hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonning farovon kelajagi va ravnaqi yo‘lida farzandlarimizga shunday taʼlim -tarbiya beraylikki, qachonkim ular o‘z ota-bobolariga, o‘z tarixiga, Vatanga, ona tiliga, millatiga, diniga, urf-odatlariga, qadiyatlariga va madaniyatiga munosib va sodiq farzand bo‘lib ulg‘ayishsinlar.
Аgar har bir oilada ota-onalar zamonaviy jamiyatda oila rolini falsafiy nuqtai nazarda talqin qilgan holda kelajak avlod tarbiyasi haqida qayg‘ursalar, u holda mamlakat kelajagi ishonchli qo‘llarda bo‘ladi.
Yaqin kunlarda barcha ta’lim maskanlarida o’qish jarayonlari boshlanadi.Barcha ustozlarga va murabbiylarga yosh avlodni ma’nan yetuk va bilimli qilib tarbiyalashda kuch g’ayrat, ota-onalarimizga ham farzand tarbiyasida ma’sullikni yanada oshirishni va yoshlarga hech qachon bilim olishdan charchamaslikni tilab qolaman.
Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender
tenglik masalalar bo’yicha doimiy komissiya raisi
Zarbdor tuman Kengashi deputati
Аllamuratova Nilufar Tangirovna