O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-maydagi “2023–2025 yillarda Jizzax viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-146-sonli qarori ijrosi yuzasidan tumanda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidagi yer maydonlari va suv resurslaridan samarali foydalanish, muhandislik kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish, aholi bandligini oshirish va turmush darajasini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan press tur bo‘lib o‘tdi. Ushbu press turda mahalliy jurnalistlar va blogerlar ishtirok etdi.
Jumladan: Yo‘l-transport infratuzilmasi tizimini yaxshilashborasida Oybek MFY, Yu.Rajabiy ko‘chasiga asfaltbeton qoplama yotqizish 1 km 700 mln. Oybek MFY, N.Kubro ko‘chasiga asfaltbeton qoplama yotqizish. 1 km 450 m 1 mlr 15 mln. Oybek MFY, Oybek ko‘chasiga asfaltbeton qoplama yotqizish. 700 m 490 mln "Sharq Yulduzi" QFY, "Baxt" qishlog‘i ko‘chalariga asfaltbeton qoplama yotqizish. 1 km 700 mln "Ravot" MFY, Uvaysiy ko‘chasiga asfaltbeton qoplama yotqizish. 900 m 630 mln. "Oqar" MFY, X.Olimjon ko‘chasiga asfaltbeton qoplama yotqizish. 800 m 560 mln"Yangi xayot" MFY, "Diyorobod" ko‘chasiga asfaltbeton qoplama yotqizish. 600 m 420 mln"Navoiy" MFY, A.Ikromov ko‘chasiga asfaltbeton qoplama yotqizish. 900 m 630 mln"Shodlik" MFY, "Qutlug‘" ko‘chasiga asfaltbeton qoplama yotqizish. 700 m 490 mln so‘m Respublika byudjeti mablag‘lari evaziga amalga oshirildi.
Ichimlik suv va oqava suv tarmoqlarini qurish hamda aholini doimiy sifatli ichimlik suv bilan ta’minlash borasida "Oqbuloq" MFYdan "Sharq Yulduzi" MFYgacha bo‘lgan 9 km (D-315 mm.li) magistral va 7 km ichki tarmoqlarni almashtirish, "Sharq Yulduzi" MFYda joylashgan suv nasos stansiyasini ta’mirlash hamda "Baxt" qishlog‘iga 8 km ichimlik suvi tarmog‘i va suv inshooti qurish 5 mlr. Mablag‘ evaziga qurilish ishlari olib boriladi.
Elektr ta’minoti tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash borasida "Andijon" MFY, "Keriz" qishlog‘iga 1 dona 160 kVli transformator punkti va 60 dona temir-beton ustunlarini o‘rnatish va 4 km past kuchlanishli SIP kabelini tortish. 250 mln. "Andijon" MFY, "Juvonsiyroq" qishlog‘iga 1 dona 100 kVli transformator punkti va 30 dona temir-beton tayanch ustunlarini o‘rnatish va 1,5 km past kuchlanishli SIP kabelini tortish. 140 mln "Oqar" MFY hududiga 1 dona 100 kVli transformator punkti va 30 dona temir-beton tayanch ustunlarini o‘rnatish va 1,5 km past kuchlanishli SIP kabelini tortish. 120 mln. "Navbaxor" MFY hududiga 30 dona temir-beton tayanch ustunlarini o‘rnatish va 2,5 km past kuchlanishli SIP kabelini tortish. 130 mln. "Nurobod" MFY hududiga 1 dona 100 kVli transformator punkti hamda 60 dona temir-beton tayanch ustunlarini o‘rnatish va 2,5 km past kuchlanishli SIP kabelini tortish. 200 mln. "Toshkesgan" MFY hududiga 1 dona 100 kVli transformator punkti hamda 20 dona temir-beton tayanch ustunlarini o‘rnatish va 1,0 km past kuchlanishli SIP kabelini tortish. 110 mln. "Taraqqiyot" MFY "Oltinsoy" qishlog‘iga 40 dona temir-beton tayanch ustunlarini o‘rnatish va 4,0 km past kuchlanishli SIP kabelini tortish. 150 mln so‘m Respublika byudjeti mablag‘lari evaziga amalga oshirish boshlab yuborildi.
Tabiiy gaz tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha "Shodlik" MFY hududidagi tabiiy gaz iste’molchilari gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida o‘rta bosimli 0,7 km 89 mm uzunlikdagi gaz tarmoklarini kurish orkali gaz kuvurlarini xalkalash 121 mln. "Nurobod" MFY "Majnuntol" ko‘chasi hududidagi polietilin 63 mm gaz quvuri o‘rniga hududidagi tabiiy gaz iste’molchilari gaz ta’minotini yaxshilash maksadida 0,7 km 89 mm uzunlikdagi gaz tarmoklarini rekonstruksiya kilish 121 mln so‘m Respublika byudjeti mablag‘lari evaziga amalga oshirish boshlab yuborildi.
Ko‘p qavatli uy-joylarni ta’mirlash va atroflarini obodonlashtirish tadbirlari bo‘yicha "Yangiobod" MFY hududidagi 6 ta ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash va tutash hududlarni obodonlashtirish 350 mln "Sh.Yulduzi" MFY hududidagi 3 ta ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash va tutash hududlarni obodonlashtirish 544 mln so‘m Respublika byudjeti mablag‘lari evaziga amalga oshirish boshlab yuborildi.
Bundan tashqari mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan tumandagi mavjud tuproq ko‘chalarni shag‘allashtirish ishlari yil yakuniga qadar amalga oshiriladi.
Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati