Davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri iqtisodiy sohani rivojlantirish borasida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 65-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini turli hil shakllardagi mulk tashkil etishi barchamizga ma’lum. Shuningdek, yangi tahrirda qabul qilingan Konstitusiyamizda O‘zbekiston Respublikasida barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan himoya qilinishi ta’minlanishi belgilab qo‘yilgan.
Hozirda davlat rivoji va jamoat ehtiyojlari uchun mulkdolarning yer uchatkalari qonuniy tartibda olib qo‘yilmoqda. Bu yo‘nalishni tartibga solish uchun O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘RQ-781-sonli Qonuniqabul qilingan bo‘lib, ushbu qonuning asosiy maqsadi jismoniy va yuridik shaxslarga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini yoki ularning qismlarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillarini belgilashdan iboratligini ko‘rishimiz mumkin. Bundan ko‘rinadiki, uy-joyidan, yer uchastkasidan mahrum etilgan mulkdorga ko‘rgan zararini o‘rnini qoplanishi qonun bilan kafolatlangan hisoblanadi. Yuqorida ta’kidlangan qonunga ko‘ra yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan ko‘rilgan zararlarning o‘rnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armalar tashkil qilingan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida — respublika darajasida, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida — hududiy darajada markazlashgan jamg‘armalar tashkil etilgan.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 47-moddasida hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanishi belgilab o‘tilgan.
Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Sh.X.Begmatov