Mamlakatimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yoʻlida xotin-qizlarning ham oʻrni muhim ahamiyat kasb etishini inobatga olgan holda ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasidagi keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Sogʻlom bolani voyaga yetkazish uchun oilada xotin-qizlarning oʻrni va rolini kuchaytirish, mustahkam va sogʻlom oilalar sonini koʻpaytirishga hissa qoʻshish maqsadida Zarbdor tuman Boʻston oilaviy poliklinikasida Sogʻlom avlod xayriya jamgʻarmasi va tuman tibbiyot birlashmasi hamda Oʻzbekiston XDP Jizzax viloyat Kengashi hamkorligida “Onalik va bolalik muhofazasi doimiy eʼtiborda” loyihasi doirasida 2023-yilning 19 -20-sentyabr kunlari "Shodlik", " Doʻstlik", " Navroʻz" hamda Yangiobod MFYlari aholisi uchun bepul tibbiy koʻrik oʻtkazildi. Yangiobod mahallasi binosida mahalla aholisi uchun alohida oʻtkazildi. Tibbiy koʻrikka malakali mutaxassislari jalb qilindi.Kam taʼminlangan oilalarga Sogʻlom avlod jamgʻarmasidan 5 turdagi dori-darmonlar tarqatildi. Deputat tomonidan ayollarning murojaatlari ham oʻrganildi.Tadbir soʻngida mahallalarda yotib qolgan bemorlarni xolidan xabar olinib, dori- dormonlar ham yetkazildi.
Tadbirda yaqindan yordam bergan"Sogʻlom avlod xayriya jamgʻarmasi" ga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Zarbdor tuman 3- Tinchlik saylov okrugi deputati N.Allamuratova