Zarbdor tumanida jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, aholi osoyishtaligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Tuman sektorlari, mutasaddi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etgan mazkur yig‘ilish Jizzax viloyati IIB hamda viloyat prokuraturasi tomonidan tashkil etildi.