Zarbdor tumanidagi davlat fuqarolik xizmatchilari ishtirokida “Davlat fuqarolik xizmatiga ochiq yo‘l: mavjud qonunchilik hujjatlari va imkoniyatlar” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Ochiq muloqotda tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan davlat fuqarolik xizmatchilari ishtirok etishdi va quyidagi masalalar muhokama qilindi:
-“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonun;
-O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-sonli qarori;
-O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a qiymati, shuningdek, uni tasarruf etish tartibi to‘g‘risidagi” 54-sonli buyrug‘i mazmun-mohiyati tushuntirib berildi.
Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati