Zarbdor tumanidagi Kasb-hunar maktabida 1-OKTYABR — “O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR" kuni munosabati bilan “USTOZGA TAZIM" shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Zarbdor tuman Kengashi deputatlari va faxriy ustozlar ishtirok etib, samimiy tilaklari bilan ustozlarni bayram bilan tabrikladi. Mehmonlar tomonidan yurtimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar va yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida o'zlarining fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Ustoz soʻzi naqadar purmaʼno va sermazmundir. Bu soʻzlarni eshitganda qalblar junbushga kelib, koʻngillar yorishib ketadi. Zero, esimizni tanigan ilk onlarimizdan boshlab aynan ana shunday zotlar bizning qoʻlimizdan tutib kelmoqda. Hech birimiz birinchi boʻlib oʻqish-yozishni oʻrgatgan ustozimizni yodimizdan chiqarmaganmiz, desam, oʻylaymanki, mubolagʻa boʻlmaydi.Bugungi kunda sizlarning, el-yurtimizning qizgʻin qoʻllab-quvvatlashi bilan taʼlimini rivojlantirish umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanib bormoqda.
Ustoz bu – butun kuchlarini, aql-idroklarini, bilim va zehnlarini, qalb qoʻriyu mehrlarini shogirdlariga baxshida etgan zahmatkash insonlar deb bilaman. Fidoiy mehnatlaringiz sabab bugun minglab yoshlarimiz oʻz bilim va salohiyati bilan dunyoni zabt etmoqda. Yuksak minbarlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, bayrogʻimizni baland koʻtarmoqda.
Hurmatli ilm ahli va aziz ustozlar sizlarga eng avvalo sogʻliq, tinchlik, xotirjamlik va dunyo tan olgan ilm sohibi boʻlishingizga tilakdoshman. Doim sogʻ omon boʻling, sharafli va mashaqqatli kasbingizga ulkan zafarlar tilab qolaman.
Bayramingiz muborak boʻlsin aziz ustozlar!
Ilk bora qalamni tutqazgan ustoz,
Ilmu maʼrifatdan oʻrgatgan ustoz.
Sizlar bilan qancha faxrlansak oz,
Siz-la hayotimiz toʻkis, hamda soz.
Binolar ichida eng ulugʻ-maktab,
Kasblarning ichida ulugʻi -ustoz.
Har ikkisi doim dilmizga jo
Siz bilan qancha faxrlansak oz.
Ulugʻ avliyolar - ajdodlarimiz,
Biz ularning baxtli avlodlarimiz.
Nasib boʻlsin bizga sizday boʻlmoqlik,
Ezgu ishlar qilib baxtga toʻlmoqlik.
Ustozlar, doimo boʻling salomat,
Hayot shirin boʻlsin, umringiz uzun.
Tark etmasin mudom ulkan baxt, omad,
Bu- Siz azizlarga yurakdan soʻzim.
Hurmat bilan,
Zarbdor tuman Kengashi deputati Nilufar Allamuratova.