Zarbdor tuman hokimi, tuman prokurori mutasaddilar bilan birgalikda tuman mahallalarida "Obod xonadon", "Obod ko'cha", "Obod mahalla" dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda eski sport maktabining ta'mirlash ishlari bilan tanishdi. Ushbu ishlarni sifatli va o'z vaqtida bajarish bo'yicha tegishli mutasaddilarga tavsiya va ko'rsatmalar berildi.
Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati