Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida joriy yilning 11-oktyabrida o‘tkazilgan videoselektorda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-apreldagi PQ-121-son “Qishloq xo‘jaligi korxonalari dala chetlaridagi yer maydonlarida mahsulot yetishtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘grisida”gi qarorini amalga oshirish maqsadida “Qishloq xo‘jaligi korxonalariga ijaraga berilgan yer uchastkasining dala chetlari, shu jumladan, ichki kollektor, roshlar, ariq bo‘ylari va boshqa bo‘sh turgan yerlarga daraxt ko‘chatlari ekishni tashkil etish hamda ikkilamchi ijaraga berish ishlarini tashkillashtirish hamda 2024-yil hosili uchun to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlari ekishni tashkil qilish yuzasidan Zarbdor tumani Sharq Yulduzi FXHU hududidagi “Nodir Ruxshona” fermer xo‘jaligida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda tuman hokimi Z.Ro‘ziyev, tuman prokurori R.Masharipov, tuman IIB boshlig‘i E.Axmedov, tuman DSI boshlig‘i B.Qulmatov, tuman tashkilot rahbarlari, MFY raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqa yer egalari Zarbdor tuman Kengashi raisi S.Xodjikulov, buxgalteriya markazi direktori Sh.Abdullayev, fermer xo‘jaliklariga buxgalteriya hisobi va hisobotlarini yuritish markazi hisobchilari, IIB inspektorlari, FXHU raislari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari qatnashdi.
Seminarda tuman xokimi Zafar Ruziyev fermer xo‘jaliklarining dala chetlariga ko‘chatlar ekish, fermer, dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalaridan samarali foydalanish borasida tavsiyalarni berarkan, bu borada “xonadonbay” ishlash zarur ekanligi aloxida ta’kidladi. Shu bilan birgalikda xar bir maxallalarda “bir ko‘cha-bir maxsulot” tamoyili asosida ish olib borib, tomarqadan unumli foydalanish bo‘yicha namunali ko‘chalar tashkil etish topshirig‘i berildi.