Zarbdor tuman hokimligi hamda tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi bilan hamkorlikda tumandagi 1-sonli umumta'lim maktabida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi munosabati bilan “Qadring baland bo'lsin ona tilim!” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda oʻzbek tilini davlat tili sifatida nufuzi va mavqeini oshirish borasida qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlar va ular asosida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Maktab o'qituvchi va o'quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna chiqishlari tadbir ishtirokchilariga manzur bo'ldi.
Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati