Joriy yilning 21-oktabr kuni tuman hokimi Z.Ruziyev, tuman Xalq qabulxonasi mudiri B.Aralov, tuman prokurori R.Masharipov, tuman IIB boshligʻi E.Axmedov, tuman DSI boshligʻi B.Qulmatov, tuman Adliya bo'limi hamda mutasaddi tashkilotlar ishtirokida 2-sektor hududidagi Lalmikor MFY Sutbuloq qishlogʻida sayyor qabul oʻtkazildi.
Sayyor qabulda fuqarolar va subyektlariga qonunchilikdagi yangiliklar, imtiyozlar bo‘yicha ham huquqiy tushunchalar berilib, fuqarolar murojaatlari tinglandi. Murojaatlar ijobiy yechim topishida mas'ullarga ko'rsatma va topshiriqlar berildi. Ijrosi nazoratga olindi.