Bugungi kunda mamlakatimizda ayollarga boʼlgan eʼtibor va gʼamxoʼrlik tufayli Zarbdor tumanidagi koʼplab xotin-qizlarning ham muammolari oʼz yechimini topmoqda.
Bugun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi ko‘magi hamda hokim yordamchilari tavsiya bilan ishsiz boʼlgan xotin-qizlarni bandligini taʼminlash maqsadida 53 nafar xotin-qizga oʼzini oʼzi band qilish maqsadida zamonaviy tikuv mashinalari subsidiya asosida berildi.
Taʼkidlash kerakki, subsidiya asosida berilgan tikuv mashinalari har bir ayolning oʼzini-oʼzi ish bilan band qilib, oilasiga qoʼshimcha daromad keltirish imkoniyatini yaratadi.
Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati