2023-yil 3-noyabr kuni tuman hokimligi katta majlislar zalida Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining ellik to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada Tumandagi sektor rahbarlari tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida 2023-yil 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, Zarbdor tumani IIB tomonidan 2023-yil 9 oy davomida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, tumanda davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati, 2023-yilning 9 oyi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar tahlili hamda sektor rahbarlari tomonidan o‘tkazilgan Sayyor qabullar orqali ko‘tarilgan masalalarning hal etilishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-31-sonli qarori ijrosi, “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” davlat dasturining ijrosi, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga kelib tushgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi, hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining ellik to‘qqizinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar ko‘rib chiqildi va deputatlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.