O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbir to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli Qarori tasdiqlandi. Ushbu Qarorda 2022 yil 1 yanvardan e’tiboran respublikaning barcha tuman (shahar)larida tegishli byudjetlarning tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirish, 2021 yil 1 iyuldan boshlab jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga ajratiladigan tuman (shahar)lar byudjetlari qo‘shimcha mablag‘larining eng kam miqdorini 10 foizdan 30 foizga oshirilgan.
Ochik byudjet (Tashabbusli byudjet) loyihasini tashkil etishda mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan mahalla raislari, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi, yoshlar yetakchilari, profilaktika inspektori, xotin qizlar faoli, soliq va ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlari fuqarolarni tashabbusli byudjetga faol jalb qilib mahalladagi kerakli bo‘lgan
-Avtomobil yo‘llarini (piyodalar yo‘lakchasi, yo‘l o‘tkazgichlar) ta’mirlash bilan bog‘liq tadbirlar.
-Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlar.
-Ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish yoki ta’mirlash (simyog‘och o‘rnatish) tadbirlar.
-Umumta’lim maktablarini ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari.
-Bolalar maydonchalarini (o‘yingohlarini) barpo etish yoki ta’mirlash bilan bog‘liq tadbirlar.
-Ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash tadbirlari.
- Sport muassasalari yoki sog‘lomlashtirish markazlarini ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish.
- Sog‘liqni saqlash muassasalarini ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari.
- Mahalla guzari (mahallada umumfoydalanishda bo‘lgan boshqa ob’yektlar)ni ta’mirlash-tiklash bilan bog‘liq xarajatlar
- Drenaj va ariq (zovur)larni tartibga keltirish bilan bog‘liq tadbirlar.
- Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish (tuman yoki shahar qiyofasini o‘zgartirish) bilan bog‘liq tadbirlar.
- Qabristonlarni tartibga keltirish tadbirlari.
- Aholi dam olish maskanlarini ta’mirlash yoki moddiy-texnik bazasini rivojlantirish bilan bog‘liq tadbirlar.
- Tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq loyihalar.
- Elektr ta’minoti, transformator o‘rnatish va ta’mirlash tadbirlari.
- Ichimlik suvi va oqava suv tizimini yaxshilash bilan bog‘liq tadbirlar.
- Boshqa ta’lim muassasalarini ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari.
- Oliy o‘quv yurtlarini ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlariga taklif bera olamiz. Mahalladagi kerakli bo‘lgan tadbirlarni mahalla fuqarolar yig‘ini hodimlari va mahalla faollari bilan kelishgan holda tanlab mahalla fuqarolari qo‘llab-quvvatlab, ko‘proq ovoz bersa, taklif g‘olib deb topiladi. Ushbu g‘olib loyihaga mablag‘ ajratiladi.
Tashabbusli byudjet loyihasi 1 yilda 2-mavsum birinchi mavsum fevral-mart oylari ikkinchi mavsum avgust-sentyabr oylari bo‘lib o‘tada. Tashabbusli byudjet loyihasi har mavsumi 3 bosqichdan iborat.
Birinchi bosqich muddat 20 kun fuqarolar o‘zlari qiynab kelayotgan umumjamoat foydalanishdagi muammolarni fuqarolar birga kelishgan holda openbudget.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tgan holda taklif kiritishlari mumkin. Agarda Fuqarolarda «Ochiq byudjet» axborot portalidan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lmasa, ular o‘z takliflarini tegishli mahalla yoki ovulda tashkil etilgan «tashabbuskorlar burchagi» orqali qoldirishlari mumkin.
Ikkinchi bosqich muddat 20 kun har bir tuman kesimida kiritilgan takliflar tuman hokimligi huzuridagi tashkil etilgan ishchi guruh a’zolari shakllangan bu ishchi guruh rahbari tuman hokimining birinchi o‘rinbosari ishchi a’zolar esa xar bir soha tashkilot rahbarlari kiritilgan takliflarni uziga tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ajratilib sohalar kesimida ishchi guruh o‘rganib chiqib bildirilgan takliflarning yakuniy qiymati va jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar idoraviy yoki shaxsiy xususiyatga ega bo‘lmasligi (shaxsiy avtomashina yoki turar joy xarid qilish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ma’muriy binolarni ta’mirlash) ushbu taklifning amalga oshirish yoki taklifni amalga oshirishning texnik imkoniyatlar mavjud emasligi to‘g‘risida hulosa beriladi.
Uchinchi bosqich muddat 20 kun ovoz berish jarayoni bunda fuqarolar qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etishda mahalla faollari MFY hodimlari janbozlik ko‘rsatib mahalladagi muammolarni birgalikda hal qilish maqsadida jonbozlik ko‘rsatib taklifga yuqori ovoz to‘plashlari kerak.
Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra, har bir hududda eng ko‘p ovoz to‘plagan takliflar g‘olib deb topiladi va takliflarga berilgan ovozlar sonidan kelib chiqib yuqoridan pastga qarab olinadi.
g‘olib topilgan loyihalarga Xalq deputatlari tuman Kengashining qarori bilan manzilli ro‘yhat byurtmachi tashkilot tasdiqlanadi.
Byurtmachi tashkilot kimlar bo‘la oladi?
-Ichki yo‘llarni ta’mirlash va piyodalar yo‘lagi barpo etish loyihasiga Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimidagi buyurtmachi tashkilotlar.
- ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimi ob’yektlari bo‘yicha — «Suv ta’minoti va oqova suv ob’yektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi» unitar korxonalari.
- elektr energiyasi va gaz ta’minoti ob’yektlari hamda aloqa tarmoqlari bo‘yicha — tegishincha «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ, «Hududgazta’minot» AJ va «O‘zbektelekom» AK.
- ijtimoiy soha ob’yektlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari idoralari, obodonlashtirish, tungi yoritish uskunalarini o‘rnatish ishlari va boshqa ob’yektlar bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyalari hamda ushbu ob’yektlarni saqlash bilan bog‘liq ta’mirlash ishlari bo‘yicha — tegishli tarmoq korxonalari etib belgilanadi.
Gʻolib deb topilgan har bir tadbir uchun alohida mablag‘lar manbasi «Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi» bo‘lgan boshi (4017) shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i ochiladi va barcha xarajatlar ushbu g‘azna hisobvarag‘i orqali amalga oshiriladi.
Gʻolib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish uchun byurtmachi tashkilot tomonidan loyiha-smeta xujjatlarini ishlab chiqish uchun loyihachi aniqlashlashga tender.mc.uz axborot tizimiga e’longa beriladi. E’lon berilgandan so‘ng 5 ish kuni davomida loyihachi MCHJ aniqlanadi. 15 kun ichida g‘olib MCHJ loyiha-smeta xujjatlarini ishlab, ekspertiza ko‘rigidan o‘tkazib hulosa olingandan so‘ng byurtmachi tashkilotga taqdim etadi. Byurtmachi tashkilot Pudratchi aniqlash uchun tender.mc.uz axborot tizimiga 7 ish kuni davomida elonga beriladi. Yukori baholangan soliqdan qarzdorligi bo‘lmagan, texnika, ishchi kuchiga ega MCHJ g‘olib deb topiladi va yurtmachi tashkilot bilan pudrat shartnomasi tuziladi.
Gʻolib loyihani moliyalashtirilib amalga oshirilib bo‘lgandan so‘ng mahalla raisi, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi, mahalla faollari, tashabbuskor fuqaro va yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, xotin qizlar faoli, soliq va ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlari bilan birgalikda ushbu loyiha amlga oshirish mablag‘larini va loyihani ommaviy axborot vositalari va boshqa jamoat tashkilotlari tegishli hududda Dasturlar va Loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati, sifati hamda ko‘lami ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatadi, amalga oshirilgan loyihada aniqlangan kamchiliklar haqida Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman shtablariga taqdim etishlari kerak. Maqsad esa amlga oshirilgan loyihani asrab avylab foydalangan holda mamlakatimiz va mahallamiz ko‘rkiga o‘z hissamizni qo‘shishimiz mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
Zarbdor tumanidagi Xalq qabulxonasining
mudiri B.Aralov