Joriy yilning 25-noyabridan 10-dekabrigacha “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” aksiyasi doirasida Zarbdor tumanida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Zarbdor tuman hokimligi majlislar zalida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” aksiyasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Mahalla xotin-qizlar faollari va tuman hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda tuman prokurori, mahalladagi xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi. Tadbirida xotin-qizlarni turli xil yot g‘oyalar ta’siridan muhofaza qilish, gender tengligini ta’minlash, xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, zo‘ravonlikning oldini olish haqida so‘z yuritildi.