Zarbdor tumanidagi 1-son Kar bolalar maxsus maktab internati hamda 2-sonli Zaif eshituvchi bolalar maxsus maktab internatida bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
3-dekabr "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan "Hech kim mehr va e'tibordan chetda qolmaydi" shiori ostida madaniy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi Zarbdor tuman "Inson" ijtimoiy hizmatlar markazi rahbari Z.Mullajonov ishtirok etdi. Maktab o'quvchilari va Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari tomonidan tayyorlangan turli ma'naviy ma'rifiy tadbirga o'zgacha ko'rk bag'ishladi.
Tadbir yakunida bolalarga tuman hokimligi va tashkilotchilarning maxsus sovg'alari berildi.