Bugun 5-yanvar kuni Jizzax garnizoni harbiy qism, Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi jamoatchilik kengashi, Jizzax garnizoni faxriylar kengashi, Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo'yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari bilan birgalikda Zarbdor tumanidagi 1-umumta'lim maktabida "Yangi O‘zbekiston armiyasi-mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsoli" shiori ostida davra suhbati, harbiylar tomonidan ko'rgazmali chiqish va konsert dasturi o'tkazildi. Tadbirda Jizzax viloyat faxriylar kеngashi raisi zaxiradagi podpolkovnik Ravshan Jakkbarov, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo'limi bosh mutaxassisi, Zarbdor tuman Kengashi deputati Nilufar Allamuratova, Jamoatchilik kеngashi Jizzax viloyati mintaqaviy bo'linmasi mutaxassisi Feruza Saparova va mahalla oqsoqoli Najmiddin Baratovlar so'zga chiqib, milliy armiyamiz va yurtimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar haqida gapirib o'tib, barchani yaqinlashib kelayotgan Vatan himoyachilar kuni bayrami bilan tabrikladi. Tadbirda Bo'ston shaharchasi aholisi, nuroniy otaxonlar, yoshlar va keng jamoatchilik ishtirok etdi. Harbiy orkеstr jamoasi va Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo'yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari chiqishlari tadbir ishtirokchilariga ko'tarinki kayfiyat bag’ishladi.
Zarbdor tuman Kengashi deputati Nilufar Allamuratova.