Ularning salomatligi — samarali faoliyati uchun asosdir!
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi, Zarbdor tuman hokimligi hamkorligida davlat xizmatchilari birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.
Ularga salomatligi to‘g‘risidagi xulosalar, ba’zi holatlarda esa chuqurlashtirilgan ko‘rik uchun yo‘llanmalar berilmoqda.
Muhimi, davlat xizmatida ishlayotgan va ko‘p hollarda o‘z salomatligi uchun vaqt topa olmayotgan xizmatchilar ushbu imkoniyatdan mamnun bo‘lishmoqda. Yanada muhimi, endilikda ulardagi ba’zi kasalliklarning barvaqt oldi olinishiga ham erishiladi.
Xizmatchilar salomatligini ko‘rikdan o‘tkazish jarayonlari joriy yilning 20 yanvarga qadar davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunda davlat fuqarolik xizmatchisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish ijtimoiy himoya chorasi sifatida kafolatlangan.