Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-31-sonli qarori ijrosi, tumanda jamoat xavfsizligini saqlash bo‘yicha 2023 yil 8 oyida amalga oshirilgan ishlari, “Ochiq byudjet” axborot portalida ovoz berish jarayonida g‘olib bo‘lgan tashabbuslarga “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘larini yo‘naltirish, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga kelib tushgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentyabrdagi “Dehqon xo‘jaliklari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-373-son qarorini tumanda ijrosini ta’minlash, Zarbdor tumani Ichki ishlar bo‘limi Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi tomonidan 2023-yil 8 oyi davomida olib borilgan ishlar hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining ellik sakkizinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar ko‘rib chiqildi va deputatlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.