So‘ngi yillarda mamlakatimizda suvdan unumli va samarali foydalanish, bu bebaho ne’matning qadriga yetish, undan tejab-tergab foydalanish bo‘yicha juda ko‘p ishlar qilinmoqdaki, chunki har bir tomchi suvning hayotimiz va qishloq xo‘jalik sohasidagi o‘rni esa hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 iyunda “Ma’muriy islohotlar doirasida boshqaruvni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-101-sonli Farmoni imzolandi.
Mazkur farmonga asosan, suv nazorati Qishloq xo‘jaligi vazirligi xuzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasidan olinib, Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obektlarini xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tashkil qilindi.
Farmonga ko‘ra, Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida vazirlikning markaziy apparati suv xo‘jaligi sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish, uning amalga oshirilishini hamda bu borada maxalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini uslubiy jixatdan ta’minlashni, o‘z tizimiga va tashkiliy bo‘ysunuvga kiradigan ijro etuvchi hududiy organlari faoliyatini baholashning maqsadli ko‘rsatkichlarini belgilash hamda ularga erishish ishlarini muvofiqlashtirishni, huquqiy tartibga solish va nazorat funksiyasini amalga oshirish vazifalari belgilandi.
Mazkur Farmonda Suv xo‘jaligi vazirligining quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish, fermer xo‘jaliklariga suv yetkazib berish hamda suvning bosqichma-bosqich davlat-xususiy sheriklikka o‘tkazilishini ta’minlash vazifalari topshirilgan.
Shuningdek, farmonga ko‘ra tumanlarda suv resurslarini boshqarishni davlat-xususiy sheriklikka o‘tkazilishi, bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi ham belgilangan.
Suv, bu obu-hayot, Agrar soha kuchli rivojlanib borayotgan yurtimizda suvning har bir qatrasidan unumli foydalanish har birimizning burchimizdir.
Bu borada nafaqat shu sohaga ta’luqli kishilar, balki barcha fuqarolar, shu yurt, shu tuman uchun ma’sul kishilar ogoh bo‘lishlari, suvdan qokunga binoan va tabiatning buyuk inomi sifatida qarab foydalanishimiz lozim.
Quralov Bekzod
Suv xo‘jaligi vazirligi
huzuridagi suv xo‘jaligi
obyektlarini xavfsizligini va suvdan
foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
Jizzax viloyat boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari