2024-yilning 6-yanvar kuni Zarbdor tumanidagi Zomin kasb-hunar maktabida Oqar hamda Navbahor MFY aholi vakillari ishtirokida "Yangi hayot uchun, Yangi O'zbekiston uchun" shiori ostida madaniy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbir davomida yurtimizda bo'layotgan yangilanishlar, xalqimiz farovonligi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hususida so'z olib borildi.
Tadbir yakunida tuman madaniyat markazining estrada xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo'shiqlar tashrif buyurgan mehmonlarning ko'ngliga ko'tarinki kayfiyat ulashdi.