Zarbdor tuman prokurori oʻrinbosari D.Abdurasulov tomondan Zarbdor tumani 2-sektor hududidagi Taraqqiyot MFYda tumandagi barcha tashkilotlar rahbarlari va mahalla faollari, oqsoqollari ishtirokida yigʻilish oʻtkazilib, 2024-yilning 1-choragiga belgilangan "Obod xonadon", "Obod koʻcha" hamda "Obod mahalla" mezonlarini joriy etishda taklif etilgan mahalladagi yirik muammolarni tizimli hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilot rakbarlari va shtab aʼzolariga topshiriqlar berildi.