Tuman Xalq qabulxonasi muduri B.A.Aralov, 2-sektor rahbari R.Masharipov Taraqqiyot MFYda "OBOD XONADON - OBOD KO‘CHA - OBOD MAHALLA" bo‘yicha biriktirilgan ishchi guruhi tomonidan amalga oshirayotgan ishlar va uyma-uy yurish orqali xatlovning lozim darajada borishi joyiga chiqib o'rganildi.
Vl-sonli bayonnomada ko‘rsatilgan ishlarning amalga oshirilishida sustkashlikga yo‘l qo‘ygan ba'zi bir mas'ullarga ishlarni jadallashtirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. Natijada Uyma-uy yurish orqali muammolarni aniqlash va hal etishga qaratilgan ushbu tizim davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlarining xalqqa yaqin ko‘makchi bo‘lishiga, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish, fuqarolarning hayotiy muammo va ehtiyojlarini hal etish, sektorlar doirasida ishlarni tashkil etish sifatini oshirishga keng imkoniyatlar yaratadi.