Sayyoramizda bir qator global muammolar borki,bular sirasiga bevosita odam savdosi ya'ni odamdan foylanish maqsadida uni olish sotish va boshqa xaraktlar, shuningdek chaqaloq savdosi singari transmilliy jinoyatlarni ham kiritish mumkin.
Yildan-yilga bu illatdan jabr chekayotganlar,uning qurboni bo'layotganlar soni ortib bormoqda. Hudud va chegara bilmaydigan bu jinoyatning har biri jamiyat taraqqiyoti va davlatlar rivojiga jiddiy xavf tug'dirmoqda. Odam savdosidek og'ir jinoyat inson hayoti,erkinligi va huquqlarini poymol qilib,uning erki,taqdiri va kelajagini oyoq osti qilish bilan naqadar jirkanch ko'rinishga ega. Insoniyat tarixida odam savdosiga qarshi kurashish XIX asr oxiri va XX asr boshlarida xotin-qizlarning Yevropadan Amerika va Shimoliy Afrika qit`alariga keng ko'lamli migratsiyasi hamda ayollarni Yevropaga sotish hodisasi kuzatilgan. Bu hodisaga bahram berish maqsadida Parijda 1902 va 1910-yillarda ikkita konferentsiya o'tkazilib,”Oq qullar savdosiga qarshi kurash” nomli butunjahon Konventsiyasi qabul qilingan. Keyinroq ushbu konventsiya “ayollar va bolalar savdosini yo'qotish va voyaga yetgan ayollar savdosini yo'qotish” nomli butunjahon Konventsiyalari bilan to'ldirilgan.
Odam savdosi muammosiga qarshi kurashishning keyingi tarixiy jarayonlari sekin-asta rivojlanib, 1948-yilda Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi qabul qilingan. Shundan so'ng Inson huquqlarining Yevropa Konventsiyasi, Qullik xususidagi Konvaesiya,Qullikni yo'qotish to'g'risidagi qo'shimcha Konvensiya Bola Huquqlari to'g'risidagi Konvensiya,Ayollarga qarshi diskriminatsiyaning har qanday ko'rinishlariga qarshi kurash to'g'rsidagi Konvensiyalar qabul qilinib, dunyoning ko'plab mamlakatlarida qo'llanila boshlandi. 2013-yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 30 iyul - Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni deb e'lon qilingan.
Ayni paytda transmilliy uyushgan jinoyatchilikning uzviy tarkibiy qismi bo'lgan bu turdagi jinoyat dunyo miqyosida keng tarqalmoqda. BMT va Migratsiya bo'yicha xalqaro tashkilot mutaxassislarining tahliliy xulosalariga ko'ra,unda jabr ko'rganlar soni bir necha millionlarini tashkil qilmoqda,tashvishlanarlisi odam savdosi jinoyatida jabrlanganlarning asosiy qismini ayollar va bolalar tashkil qilmoqda.
Bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bo'lgan odam savdosining aldini olish va unga qarshi kurashish borasida yurtimizda ham qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Shu bilan birga, odam savdosi transmilliy,ya'ni hudud va chegara tanlamaydigan jinoyat ekanligi hisobga olinib davlatimiz 2003-yil 12-dekabrda BMT Bosh assambleyasi tomonidan 1950-yilda qabul qilingan Odam savdosi va fohishalikning uchinchi shaxslar tomonidan ishlatilishiga qarshi kura to'g'risdagi Konvensiyaga qo'shildi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2000-yil 15-noyabrdagi rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to'g'risidagi konvensiya,shuningdek odam savdosi,ayniqsa,ayollar va bolalarni sotishning oldini olish,unga chek qo'yish va buning uchun jazolash to'g'risidagi qo'shimcha protokol ham ratifikasiya qilindi. Shuningdek, mustaqillik yillarida xorijiy davlatlar bilan uyushgan jinoyatchilik, shu jumladan,odam savdosining xavfli ko'rinishlariga qarshi kurash haqida bir qator shartnoma va kelishuvlar imzolandi.
O'zbekiston Respublikasining 2008-yilning 17-apreldagi, “Odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risida”gi Qonuni qabul qilingan. Qonunda, odam savdosiga qarshi kurashish odam savdosining oldini olish, uni aniqlash, unga chek qo'yish, uning oqibatlarini minimallashtirish, odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko'rsatish bo'yicha faoliyatni o'z ichiga oladi.
Muxtaram Prezidenimiz SH.M.Mirziyoev tomonidan 2019-yil 30-iyuldagi PF-5775-sonli “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takolmillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”, Farmoni e'lon qilingan, 2020-yil 18-avgustda O'zbekiston Republikasining "Odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgarish va qo'shimchalar kiritish haqida”,- Qonun qabul qilingan.
Mаzkur Qonun va Farmonlarning ijrosini ta'minlash yuzasidan 2021-yil 8-fevralda O'zbekiston Republikasi Vazirlar Mahkamasining “Odam savdosidan jabrlanlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni milliy darajadagi qayta yo'naltirish tizimini tasdiqlash to'g'risida”, Qarori qabul qilingan.
Ushbu 2019-yil 30-iyuldagi PF-5775-sonli “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takolmillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”,-Farmonda Odam savdosiga qarshi kurashish bo'yicha respublika idoralararo komissiyasi Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi (keyingi o'rinlarda - Milliy komissiya) etib qayta tashkil qilish va uning tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlash belgilangan Unga ko'ra, Milliy komissiya, a) Milliy komissiya raisining o'rinbosari hisoblanadigan O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri rahbarlik qiladigan Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo'yicha kichik komissiya;
b) Milliy komissiya raisining o'rinbosari hisoblanadigan O'zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri rahbarlik qiladigan Majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalari bo'yicha kichik komissiyadan iborat bo'lishi va Milliy komissiyaning asosiy vazifalari belgilab berilgan.
Ya'ni davlat organlari va hududiy organlarning, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati samaradorligini, yaqin hamkorligi va bahamjihat ishlashlarini ta'minlash maqsadida ularning odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
milliy qonunchilikni va huquqni qo'llash amaliyotini takomillashtirish maqsadida odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasida davlat dasturlari hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkillashtirish, shuningdek, ularning ijrosini nazorat qilish;
odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlarni tahlil qilish, baholash, monitoring qilish va samaradorligini oshirish, ushbu sohadagi jinoyatlarni aniqlash, tergov qilish, oldini olish va ularga chek qo'yish amaliyotini o'rganish;
odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasida samarali xalqaro hamkorlik va bahamjihat harakatni tashkil etish, shuningdek, mazkur sohada axborotlarni yig'ish, tahlil qilish va ma'ruzalar tayyorlash kabi vazifalar belgilab berilgan.
Ushbu Qonun va Farmonlar mamlakatimizda odamni ekpluatatsiya qilishning, ya'ni chaqaloq savdosining oldini v olish va unga qarshi kurashish, shunday jinoyatlar sodir etilgan taqdirda ularga nisbatan javobashgrlikning muqarrligi printsi asosida ish yuritish naazarda titilgan.
Barcha saiy harakatlar negizida inson mafaatlari yotadi.
Jinoyat ishlari boyicha Zarbdor tuman sudi raisi Q.Q.Mamaraximov