Zarbdor tuman IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida jami 161 nafar mahkumlar jazo o‘tab kelmoqda shulardan 56 nafari JKning 73-moddasiga asosan muddatidan oldin shartli ozod etilganlar, 59 nafari axloq tuzatish ishiga hukm qilinganlar, 21 nafari muayyan huquqdan mahrum qilinganlar, 2 nafar shartli sinov, 23 nafari ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingan mahkumlar tashkil etadi.
2024-yil 14-fevral kuni Zarbdor tumani kasb-hunar maktabi binosida jinoyat ishlari bo‘yicha Zarbdor tumani sudi raisi Q.Mamaraximov tomonidan sayyor sud bo‘lib unda jami 27 nafar mahkum ishtirok etib 9 nafar mahkumlar muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi.
Bundan tashqari mahkumlar tomonidan berilgan savollarga huquqiy jihatdan tavsiyalar berilib ularning muammolari o‘rganildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Zarbdor tuman sudi raisi
Q.Mamaraximov
Zarbdor tuman IIB JXX
Probatsiya guruhi katta inspektori
X.Xadjaqulov