O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi PQ-92-son "KЕKSA AVLOD VAKILLARINI HAR TOMONLAMA QO‘LLAB-QUVVATLASH HAMDA ULARNING IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA" qarorining 4-bandida «Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul» tamoyiliga muvofiq muammoli yoshlar har bir mahalladagi hayotiy tajribaga ega bo‘lgan zamonaviy fikrlaydigan faol nuroniylarga biriktirilish belgilangan.
"Nuroniy" jamg‘armasi Zarbdor tuman bo‘limi rais A.Azimov Zarbdor tumani Andijon, Oqar, Navbahor MFYda «Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul» tamoyiliga muvofiq Nuroniylarga biriktirilgan muammoli yoshlar va nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazdi.