Zarbdor tuman maktabgacha va maktab ta‘lim bo‘limiga qarashli 9-umumta‘lim maktabi amaliyotchi psixologlari tomonidan "Farzandlarimiz kelajagiga befarq bo‘lmaylik" aksiyasi doirasida "Ochiq eshiklar" kuni munosabati bilan 9-sinf bitiruvchi o‘quvchilar bilan Zarbdor tuman kasb-hunar maktabiga ekskursiya tashkil qilindi. Ekskursiya davomida kasb-hunar maktabi o‘qituvchi xodimlari tomonidan kasb-hunar maktabi va maktabda mavjud kasb-hunar yo‘nalishlari bo‘yicha ma‘lumotlar berib o‘tildi. O‘quvchilar o‘zlari qiziqqan savollarga javob topishdi.