O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 13-dekabrdagi 3787-IV/KQ-642-IV-sonli qo‘shma qaroriga asosan xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining 2023-yil 29-dekabrda “Tumanda yerlardan oqilona va samarali foydalanish holatini o‘rganish, bu borada tuman Kengashi tomonidan nazorat qilish samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida”gi VI-60-152-3-49-K/23-sonli qarori tasdiqlangan.
Ushbu qarorga asosan tuman Kengashi kotibiyatida joriy yilning 3-fevral kuni tumandagi ishchi guruh a’zolari ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilishda ishchi guruh a’zolari tomonidan qilinadigan ishlar belgilab olindi.