Joriy yilning 5-fevral kuni Jizzax viloyati Zarbdor tumani Taraqqiyot mahallasida "Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla" mezonlarini joriy etish, sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar dasturiga muvofiq sportning voleybol turidan musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada 5 ta jamoadan 50 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etishdi. G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandilar.