Zarbdor tuman hokimi Z.Ruziyev, sektor rahbarlari, tuman mahalla uyushmasi rahbari, Milliy gvardiya tuman bo'limi boshlig'i, MMT bo'limi mudiri va mutasaddi tashkilot rahbarlari tomonidan tumandagi 32-sonli umumta’lim maktabida o‘quv jarayoni va davomat holati o‘rganildi.
Shuningdek, yuqori sinf o‘quvchilarning chet tilini bilish darajalari sinab ko'rildi hamda ularning munosib kasb tanlashlari yuzasidan suhbatlashdilar.
Uchrashuv yakunida o‘qituvchi va mas’ul xodimlarga mavjud kamchiliklar yuzasidan zaruriy ko‘rsatmalar berildi.