Zarbdor tuman hokimi Z.Ruziyev, sektor rahbarlari, tuman mahalla uyushmasi rahbari, Milliy gvardiya tuman bo'limi boshlig'i, MMT bo'limi mudiri va mutasaddi tashkilot rahbarlari tomonidan tumandagi 2-sektor hududidagi Taraqqiyot MFYda joylashgan 6-sonli umumta’lim maktabida o‘quv jarayoni va davomat holati o‘rganildi.
Shuningdek, dars mashg'ulotlariga qatnasha olmagan o'quvchilarning ota-onalari bilan gaplashdilar. Ular bilan farzandlarining munosib kasb tanlashlari va yetuk inson bo'lib yetishlarida ta'lim tarbiyaning o'rni haqida suhbatlashildi.
Uchrashuv yakunida o‘qituvchi va mas’ul xodimlarga mavjud kamchiliklar va mahalla raislari tomonidan mahalla hududida joylashgan maktab faoliyati va o'quvchilar davomatini ham o'rganishi yuzasidan zaruriy ko‘rsatmalar berildi.