Kun davomida Zarbdor tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan Nurobod MFY hududida joylashgan aholi xonadonlarida Is gazi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Shu bilan birga Maktabgacha va maktab ta'lim bo‘limiga qarashli 32-sonli umumta'lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida texnika namoyishi o‘tkazilib, ushbu tadbirda o‘quvchilarga yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakati bo‘yicha tushuntirishlar berildi.