Joriy yilning 12-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan yig'ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Zarbdor tuman hokimi, tuman prokurori tuman Mudofaa ishlar bo'limida chaqiruvga tayyorgarlik ko‘rish ishlari, chaqiruv uchastkasini tayyorligi va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi
Uchrashuv davomida muddatli harbiy xizmatga va Qurolli kuchlar oliy harbiy bilim yurtlariga nomzodlar bilan suhbat o‘tkazildi.
Suhbat jarayonida nomzodlarga harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va Oliy harbiy bilim yurtida o‘qiydigan tinglovchilarga berilgan imtiyozlar, yashash sharoitlari bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdilar
Suhbat yakunida barcha nomzodlarga xizmatni o‘tashida va o‘qishga kirishida omad tiladi.