Bugun Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimi, Respublika ishchi guruhi rahbari Jo‘rabek Mavlonov va viloyat prokurori Ergashxadjayev Islomjon Jasurovich Zarbdor tumani 2-sektor hududidagi “Taraqqiyot” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi.
Mazkur mahallada “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari asosida qurilish-obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Ishchi guruh rahbari mahalla «yettiligi» bilan uchrashdi.
Muloqot davomida tasdiqlangan yo‘l xaritalari bo‘yicha bajarilishi lozim ishlar hamda ijtimoiy reestrga kiritilgan fuqarolarni o‘rganib chiqish, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, kredit va subsidiyalar ajratilishida ko‘maklashish, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan ishsiz aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish hamda bandligini ta’minlash choralarini ko‘rish, uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish va mahallada o‘tkaziladigan tadbirlar bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.