Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga asosan quyidagi hollarda YPX xodimi transport vositasini jarima maydonchasiga qoʻyilishini taʼminlaydi:
- tormoz, rul boshqaruv tizimida nosozlik boʻlganda yoki ruxsatnomasiz qayta jihozlanganda;
- davlat raqami belgisini yechib olib transport vositasi boshqarilganda;
- davlat raqam belgisi yasama yoki oʻzgartirilganda, shuningdek transport vositasiga boshqa davlat raqami belgisi qoʻyib boshqarilganda;
- tegishli ruxsatnomasiz ogʻir vaznli, yirik gabaritli, xavfli yuklarni tashish shuningdek ruxsatnomada koʻrsatilgan harakat yoʻnalishidan chetga chiqishi;
- transport vositasi oynasini qoraytirib boshqarish, shuningdek haydovchining oʻrnidan tevarak-atrofni koʻrishni cheklaydigan vositalardan foydalanganda;
- transport vositalariga ruxsatnomasiz tovush chiqaruvchi va yorituvchi maxsus qurilmalar, shuningdek davlat raqam belgilarini koʻrishni cheklaydigan ashyolar oʻrnatish va qoplama surtishi;
- toʻxtash yoki toʻxtab turish qoidalarini buzish, yoʻl harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga xalaqit bersa;
- haydovchilik guvohnomasi, transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazganlik, unga egalik qilish, egasi yoʻqligida undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar ishonchnoma va ijaraga berish shartnomalari, sugʻurta polisi mavjud boʻlmasa yoki roʻyxatdan oʻtkazilmagan boʻlsa.
- transport vositasini alkogolli ichimlik, giyohvand modda isʼtemol qilib mast holatda boshqarsa;
- transport vositalarini boshqarish huquqi boʻlmagan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa;
- yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlganda, qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi;
- yoʻlovchi tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shugʻullanganda.
- ichki ishlar xodimining qonuniy talablarini bajarmaganda.
Transport vositalarini toʻxtash joyiga olib kelish va saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar sanitariya va yongʻinga qarshi qoidalarga rioya qilinishi, transport vositalari toʻxtash joyiga va saqlash uchun olib kelinishi vaqtida saqlanishi (oʻgʻirlik, komplektlarning but boʻlmasligi va shikastlanishi), shuningdek transport vositasi salonidagi shaxsiy buyumlar saqlanishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Transport vositalarini olib kelish va saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxs:
- tabiiy ofatlar (zilzila, dovul, suv toshqini va hokazolar) vaqtida transport vositalari shikastlanganligi;
- transport vositalari ularni saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatiladigan hududdan chiqqandan keyin berilgan transport vositalarini saqlashga tegishli daʼvolar uchun javob bermaydi.
Jizzax viloyat sudining sudyasi
Xudayarov Shuxrat To'ychiyevich
Jinoyat ishlari boyicha Zarbdor tuman sudi raisi
Mamaraximov Quvondiq Qudratovich
скачать dle 12.0