Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan bo‘lib, unda oltita bo‘lim, 27 ta bob va 155 ta modda mavjud.
Konstitutsiyaning 9-bobi Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlarga bag‘ishlangan bo‘lib, ushbu boboning 47-moddasida, har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga egaligi, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanishi, davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantirishi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratishi, aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanligi ko‘rsatilgan.
Q.Q.Mamaraximov
Jinoyat ishlari boyicha Zarbdor tuman sudi raisi