O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi "O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘shish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-402-son qarori bilan belgilangan "Yo‘l xarita"ning 22-bandida "Eng namunali mahalla raisi" tanlovini o‘tkazish belgilangan.
Joriy yilning 29-fevral kuni "Eng namunali mahalla raisi" tanlovining Zarbdor tuman bosqichi o‘tkazildi. Tanlov nizomida belgilangan 3 shart asosida o‘tkazildi.
Tanlov natijalariga ko‘ra 1-o‘rinni "Nurafshon" MFY rais Murodqosimov Shuhrat, 2-o‘rinni "Ravot" MFY raisi Risqulov Baxriddin, 3-o‘rinni "Yangihayot" MFY raisi Turg'unboyev Baxtiyorlar egalladi.
Tanlov g‘oliblariga va ishtirokchilariga tashkilotchilar tomonidan diplom va estalik sovg‘alari topshirildi. Shuhrat Murodqosimovga "Eng namunali mahalla raisi" tanlovining viloyat bosqichida omad tilaymiz.